Yaqinda Samsung kompaniyasi Galaxy S9 va S9+ flagmanlarini 25-fevral kuni taqdim etishi ma’lum bo‘lgan edi. Endi esa yangi ma’lumotlar tarqalib ketishi natijasida Galaxy S9+ ning tashqi ko‘rinishi yangi renderlarda fosh bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Galaxy S9+ renderlarda Grey hamda Orchid Silver’ga o‘xshash ikki xil rangda taqdim etilgan. Qurilmaning old panelini hozirgi Galaxy S8+ dan ajratish qiyin, ammo orqa panelda yangi qo‘sh kamera bor, shuningdek, barmoq izi skaneri yangicha joylashuvga ega bo‘lgan.
S9+ qo‘sh kamera bilan jihozlanishi, S9 esa bittalik sensorga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Ular hajmi va dizayni bo‘yicha Galaxy S8 duetiga o‘xshash bo‘ladi, ammo ingichkaroq rom, tezkorroq kamera va stereodinamiklar hamda yanada tezkorroq protsessorlar bilan ta’minlanadi.
Izoh (0)