Xiaomi kompaniyasi o‘zining unchalik qimmat bo‘lmagan, biroq ommalashgan Mi 5X smartfonining davomini chiqarmoqda. Undan MiA1 qo‘shimcha modifikatsiyasi o‘rin oladi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.
Yangi Mi 6X smartfoni tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan keng formatli displey va kichik hoshiyalar bilan jizohlanadi. Kompaniya ushbu smartfonning orqa tarafini yaratishda iPhone X’dan nusxa ko‘chirgan, ya’ni u ham ikkita kamerasini o‘zaro vertikal joylashtirgan. Shuningdek, kameralar yonidan barmoq izi skaneri ham o‘rin olgan.
Hozircha Mi 6X’ning texnik tavsiflari ma’lum emas. Taxminlarga ko‘ra, unga Snapdragon 600 protsessori, 4 gigabayt tezkor xotira va sig‘imi 4000 mA/soat bo‘lgan akkumulyator o‘rnatiladi.
Izoh (0)