Chexiya poytaxti Praga markazidagi Eurostars David mehmonxonasida yuz bergan yong‘inda kamida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.
Alangalanish chog‘i u yerda 50 kishi — aksariyati chet ellik sayyohlar bo‘lgan mijozlar va mehmonxona xodimlari bo‘lgani bildirilmoqda.
Halok bo‘lganlar orasida Germaniya va Janubiy Koreyaning ikki fuqarosi bor. Yana ikki qurbonning shaxsi hozircha aniqlanmadi. 8 kishi kuyish va shikastlanish bilan kasalxonaga yetkazildi.
Yong‘inga mehmonxona sovutgichlari ishidagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkinligini taxmin qilinmoqda.
Izoh (0)