Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha ikkinchi referendum o‘tkazilishini istisno etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
“Brexit bo‘yicha ikkinchi referendum bo‘lmaydi. Biz fuqarolarimizdan so‘radik va ular Yevropa ittifoqini tark etishni istayotgani haqidagi fikrini bildirdi”, — dedi Mey France-2 telekanaliga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, Mey mamlakat “Yevropaning bir qismi ekanligi”ni eslatib o‘tdi.
“Biz Yevroittifoqni tark etyapmiz, ammo Yevropani emas”, — ta’kidladi bosh vazir.
Izoh (0)