Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy Iroq Kurdistoni hukumati rahbari Nechirvan Barzoniy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Bu siyosatchilarning kurd muxtoriyatidagi referendumdan so‘ng birinchi uchrashuvi ekanligi bildirilmoqda.
Uchrashuvda al-Abadiy referendumdan so‘ng Kurdistonga nisbatan joriy etilgan cheklovlar, jumladan, xalqaro aviaparvozlarga taqiqni olish shartlarini eslatib o‘tdi.
Al Sumaria telekanaliga ko‘ra, Bag‘dod kurd aeroportlari va avtonomiya chegaralari nazorati federal rasmiylarga berilishini so‘ramoqda. Shuningdek, Iroq bosh vaziri Kurdistonda qazib olinayotgan neftni Bag‘doddan mustaqil ravishda sotish to‘xtatilishini talab qildi.
Izoh (0)