• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parlament a’zolari hududlarda odamlarning yashash sharoiti va ehtiyojini o‘rganmoqda

    Shu kunlarda parlament a’zolari hududlarda bo‘lib, odamlarning turmushi, yashash sharoiti, ehtiyojini atroflicha o‘rganayapti, deb yozadi “Xalq so‘zi” gazetasi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Chunonchi, xalq vakillarining Namangan viloyati Mingbuloq tumani aholisi bilan muloqotining dastlabki kunlarida 426 ta xonadondagi ahvol o‘rganilib, 300 dan ortiq muammoli masalalar o‘rtaga tashlandi. Mahallalar infratuzilmasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, oilaviy biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari va boshqa sohalar faoliyati bilan bog‘liq masalalarning 132 tasi mahalliy boshqaruv idoralari hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida hal qilindi. 112 ta muammo tuman hokimligi tomonidan ijro uchun tegishli tashkilot va muassasalarga yuborildi. Respublika darajasida hal etiladigan 34 ta masala deputatlar tomonidan qat’iy ro‘yxatga olindi.

    Ta’kidlanishicha, deputat va senatorlarning qishloq mahallalaridagi xonadonlarga tashrifi chog‘ida odamlar ko‘proq bandlik masalasini o‘rtaga qo‘yishayapti. To‘g‘ri, tumanda bu ishni tomorqa imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali yo‘lga qo‘yishning imkoniyatlari mavjud. Biroq yer uchastkalari meliorativ holatining yomonligi dehqonchilik va bog‘dorchilik mahsulotlari hosildorligining o‘ta darajada past bo‘lishiga olib kelmoqda.

    — Masalan, 11 mingdan ortiq fuqarolar istiqomat qilayotgan Mehnatobod, Uyurchi Damko‘l va Qo‘g‘aliko‘l mahallalaridagi 1,5 mingdan ortiq oilalar mazkur masalada uzoq yillardan buyon aziyat chekib kelayotgan ekan, — deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat To‘xtaboyev. — Gap shundaki, bu hududlarda yer osti suvi yuzaga ko‘tarilib, ko‘p yillik mevali daraxtlar o‘tinga aylanayapti. Bu yerda sizot suvlarni tortib olishga mo‘ljallangan nasos bor. Ammo o‘tgan asrning oltmishinchi yillarida o‘rnatilgan agregat qariyb 20 yildan buyon ishlamaydi. Aholi bu masalada tegishli idoralarga murojaat qilib charchagan va oxir-oqibatda muammo yechilishidan umidini uzgan. Biz hududdagi ahvolni o‘rganayotgan chog‘da odamlar masalani qat’iy qo‘yishdi. Shundan kelib chiqib, nasosni yangilash yuzasidan respublika Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga deputat so‘rovi bilan chiqamiz.

    Joylardagi sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati, aholining ulardan foydalanish darajasini o‘rganish jarayonida qishloq oilaviy poliklinikalari hamda vrachlik punktlarida mutaxassislar yetishmasligi, patronaj hamshiralarining xonadonlarga tashrifi muntazam emasligi, ayrim joylarda qabul va muolaja xonalaridagi sharoit talabga javob bermasligi ko‘zga tashlandi. Tumandagi dorixonalarda narxi cheklangan dorilar sotuvi yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Misol uchun, Jomasho‘y shaharchasidagi faoliyati ko‘zdan kechirilgan 8 ta shoxobchaning birortasida qonni suyultiruvchi geparin preparati topilmadi.

    Parlament a’zolarining Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani fuqarolari bilan bu galgi uchrashuvlari yanada samarali kechmoqda. Boisi, endilikda Senat a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari ishni sektorlar bo‘yicha olib borishayotir. Bu, albatta, barcha hududni qamrab olish, aholi bilan yanada ko‘proq muloqot qilish imkonini kengaytirmoqda. Shu bilan birga, “yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning bajarilishi atroflicha ko‘rib chiqilayotir.

    O‘rganishlar davomida ko‘plab oila va fuqarolarning mushkuli oson bo‘layotgani e’tiborga molik. Masalan, Obod mahallasida istiqomat qiluvchi Qahramon Yo‘lchiyev doimiy ish joyiga ega bo‘ldi. Endi u “Oqoltin agro kapital” fermer xo‘jaligining xodimi. Shuningdek, tikuvchilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan Zebo Madaminova va zardo‘zlik bilan shug‘ullanayotgan Muhayyo Mamarasulovaning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid murojaatlari ijobiy hal etildi.

    Parlament a’zolari ta’lim muassasalaridagi sharoit va o‘quv-tarbiya ishlari bilan batafsil tanishmoqda. Xususan, tumandagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi 3 ta sinfda parta va stullar yetishmasligi, yagona isitish tizimi mavjud emasligi, kutubxona esa zarur adabiyotlar bilan yetarli darajada ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi. Eng achinarlisi, mazkur ta’lim muassasasida kimyo, fizika, jug‘rofiya, matematika, rus va ingliz tillari fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar ham yetishmaydi. O‘z navbatida, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi tuman xalq ta’limi bo‘limi nazoratiga olindi. Ahillik mahallasidagi “Oltin kalitcha” maktabgacha ta’lim muassasasidagi kamchiliklar “yo‘l xaritasi”ga kiritilib, ayni chog‘da ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

    Xalq vakillarining Toshkent viloyati Qibray tumani aholisi bilan bevosita muloqotlarida odamlarni tashvishga solayotgan masalalar, yechimini kutayotgan muammolar, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbarlari faoliyati chuqur o‘rganilayotir. Bu jarayonda tuman Kengashi deputatlari yaqindan hamkorlik qilishayapti.

    Tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Akmaljon Tillayev rahbarlik qilayotgan 4-sektor shtabi “Ko‘prikboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida joylashgan, bu yerda ishlash uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘tgan davr mobaynida shtab a’zolarining harakatlari bilan sektorga biriktirilgan Baytqo‘rg‘on, Chinobod, Qipchoq hududlaridagi 15 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisining 622 ta muammosi o‘rganildi. Ularning 422 tasi joyida hal etildi, 187 ta masala hal etish uchun tuman, 6 ta masala esa viloyat hokimligiga yuborildi.

    Lekin ayrim kamchiliklar mavjudki, bu hanuz odamlarni tashvishga solmoqda. Masalan, “Baytqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Gulzor ko‘chasida yashovchi Latofat Mirrahimovani olaylik. Bu ayol uch nafar farzandi bilan 2013-yildan buyon ijarada yashaydi. Uyli bo‘lish uning birdan-bir orzusi. Yoki Do‘stlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi Ra’no Tuyaqova ish vaqtida yiqilib jarohatlangan, mustaqil yura olmaydi. Nogironlik nafaqasi so‘rab yozgan murojaati rad etilgan. Yetmish yoshga yaqinlashayotgan nurobodlik Nina Fidyashovaga esa qarilik nafaqasi berilmagan.

    Bu kabi muammolarni deputat va senatorlar xonadonma-xonadon yurganlarida aniqlashdi. Ularni hal etish choralari ko‘rildi.

    Aslida sektor ishini bundan-da faollashtirish mumkin. Bu ushbu faoliyatni nazorat qilish bo‘yicha jamoatchilik nazorati guruhi sa’y-harakatlariga bevosita bog‘liq. Hozircha sektor sa’y-harakatida guruhning ta’siri sezilmayapti. Sababi, guruh a’zolarining ayrimlari bu ishdan umuman bexabar. Shuningdek, ular orasida tuman Kengashi deputatlari ham bor. Ajablanarlisi, tarkibni sektor rahbarining o‘zi shakllantirgan. Holbuki, mazkur tarkib xalq deputatlari tuman Kengashining sessiya-sida muhokama etilib, tasdiqlanishi maqsadga muvofiq. Bu, o‘z navbatida, deputatlarning xabardorligi ta’minlanishi, mas’uliyati ortishiga xizmat qiladi.

    — Xalq bilan muloqot chog‘ida joylardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bilan bir qatorda, qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini jamoatchilikka keng tushuntirmoqdamiz, — deydi Oliy Majlis Senati a’zosi Maqsuda Vorisova. — Bularning barchasi parlamentning nazorat-tahlil faoliyatida, xalq vakillarining aholi bilan muloqotlarini yanada samarali tashkil etishda, ochiqlik, oshkoralik, haqqoniylik prinsiplariga qat’iy amal qilishda ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

    Parlament a’zolarining hududlarda aholi bilan muloqotlari davom etmoqda.

    21.01.2018, 12:21   Izoh (0)   13024
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘istonda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning oilalari uchun xayriya aksiyasi tashkil qilindi

    21.01.2018, 10:20

    Sayohatga chiqqan o‘zbekistonlik oila pasportdagi nuqson tufayli 10 mln so‘m yo‘qotdi

    21.01.2018, 09:35

    O‘rta Chirchiq tumanida 16 yashar o‘quvchi qiz o‘zini osib qo‘ydi

    20.01.2018, 23:53

    Ukraina maxsus xizmatlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik “jihodchi”ni qo‘lga tushirdi

    20.01.2018, 23:34

    Samarqand viloyatida 2017-yilda 123 yoshga to‘lgan fuqaro vafot etdi

    20.01.2018, 22:54

    Bombardier “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga biznes-jetlarni yetkazib berishi mumkin

    20.01.2018, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Ukrainaga 3000 dan ortiq uzoqqa uchadigan raketalar beradi — WSJ

    Dunyo | 24 avgust, 23:21

    Shavkat Mirziyoyev Zelenskiy va Ukraina xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 22:56

    Isroil armiyasi Yaman poytaxtiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 24 avgust, 22:13

    O‘zbekiston elchixonasi Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 21:44

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.