Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani, O‘rtasaroy hududi, Ko‘kmo‘yin mahallasida istiqomat qiluvchi qiz 18-yanvar kuni o‘zini osib qo‘ygan. Bu haqda, hududiy huquq-tartibot organlaridagi manbaga asoslanib, UzNews xabar bermoqda.
Xabarda hodisa sabablari ma’lum qilinmagan. “Maktab o‘quvchisining molxona ustuniga o‘zini osishi natijasida vafot etgani sabablari o‘rganilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilishlaricha, 2002-yilda tug‘ilgan bu qiz Ko‘kmo‘yin mahallasida joylashgan 41-maktabning 9-sinfida tahsil olardi.
Izoh (0)