O‘zbekiston 2017-yilda Rossiyadan 109 ming tonna shakar import qildi. Bu haqda “Spot.uz” xabar bermoqda.
Rossiya agrar bozori kon’yukturasi instituti yetakchi eksperti Yevgeniy Ivanovga ko‘ra, eksport hajmi kelgusida 500 tonnagacha ko‘tarilishi mumkin.
“O‘zbekistonga ayniqsa dekabr oyining oxirgi kunlari juda katta miqdorda shakar yuklandi. Sharoitlar o‘zgarmasa va Rossiyadan shakar yetkazib berishning yuqori hajmlari saqlanib qolsa, bu ko‘rsatkich 500 tonnaga yetishi mumkin”, — dedi Yevgeniy Ivanov.
O‘zbekiston o‘tgan yil dekabrida 26 yil mobaynida ilk bor Rossiyadan shakar sotib oldi. O‘shanda Rossiyadagi yirik agroxoldinglardan biri — “Prodimeks” 50 vagon shakar jo‘natgandi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekistondagi shakar zavodlari 2019-yil 1-yanvarga qadar xom ashyo importi uchun qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etildi.
Izoh (0)