Turkiyada harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda EADaily xabar bermoqda.
Halokat 17-yanvar, chorshanba kuni Isparta viloyatining Qirqbosh qishlog‘ida ro‘y berdi. CASA turkumidagi CN 235 samolyoti parvozdan ko‘p o‘tmay quladi.
Isparta viloyati rahbari Shexmus Gunoydinga ko‘ra, havo kemasidagi 3 kishi halok bo‘ldi.
Halokat sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)