Amerikalik olimlar ovqatda doimiy ravishda ortiqcha tuzning bo‘lishi ichaklarda immun tizimining o‘zgarishiga va oqibatda odamning kognitiv vazifalari buzilishiga olib kelishini aniqladi. Bu haqda Nature Neuroscience ma’lum qildi.
Mutaxassislar uch hafta davomida natriy xloridni ortiqcha iste’mol qilish endotelial vazifalarning buzilishiga, miyada qon aylanishining sekinlashishiga va kognitiv buzilishga olib kelishini, biroq arterial bosimni o‘zgartirmasligini aniqladi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bir sutkada besh grammdan ortiq osh tuzini iste’mol qilmaslikni tavsiya etmoqda. Ta’kidlanishicha, osh tuzi iste’molini bir sutkada besh grammgacha kamaytirish har yili 2,5 millionta o‘limning oldini olishi mumkin.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, sayyora aholisining yarmidan ko‘prog‘i har kuni osh tuzini 80 — 140 foiz ko‘proq iste’mol qiladi. Ortiqcha tuz odam organizmiga asosan non, quruq nonushta va iste’mol uchun tayyor ovqatlar bilan tushadi.
Izoh (0)