Genetiklar ilonbaliqda orqa miyaning zararlanishidan so‘ng uzilgan hujayralarni biri-biri bilan qayta bog‘lanishga majbur qiluvchi noodatiy genlar to‘plami borligini aniqladi. Ularning o‘xshashlari odam genomida ham aniqlangan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Ilonbaliqlar super qobiliyatga ega bo‘lib, ular falajdan xalos bo‘lishi va orqa miya jarohatidan qisqa vaqt ichida tuzalishi mumkin. Bu qobiliyat baliqlar hayoti uchun juda muhim hisoblanadi, chunki ularning orqa miyasi faqatgina tog‘ayli to‘qimalar bilan o‘ralgan va jarohatlardan hech qanday himoyalanmagan.
Izoh (0)