Xitoylik kimyogarlar oddiy printer yordamida bir necha marta matn va rangli suratlar chop etish va ularni o‘chirish mumkin bo‘lgan qog‘oz kashf etdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar berdi.
Qog‘oz hatto to‘qqiz marta qayta chop etilib, o‘chirilganidan so‘ng ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Ko‘p marta foydalaniladigan qog‘ozni olish uchun oddiy qog‘ozga yana uchta qatlam qo‘shiladi va ulardan biri maxsus eritma bilan to‘yintiriladi. Olimlar rangli va oq-qora chop etish mumkin bo‘lgan qog‘ozlarni yaratgan.
Olimlarning qayd etishicha, ko‘p martali qog‘ozni olish ancha oson, chop etish uchun esa oddiy printerlar va metall tuzlarining suvli aralashmalari kerak. Shuning uchun ixtiro yaqin vaqt ichida ommalashib ketishi mumkin.
Izoh (0)