Yaponiyaning Isikava prefekturasi politsiyasi qirg‘oqda 7 kishining jasadi bo‘lgan yog‘och qayiqni topdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Marhumlarning kiyimida KXDR sobiq yetakchilari Kim Ir Sen va Kim Chen Irning portretlari tushirilgan znachoklar bo‘lgan.
Qayiq qirg‘oq yaqinida 10-yanvar kuni aniqlangan, biroq po‘rtana tufayli unga yaqinlashishning imkoni bo‘lmagandi. Qayiq ichidan koreys tilidagi yozuv tushirilgan sigaret qutilari topildi.
Shuningdek, qirg‘oqdan 2017-yil sentyabrida o‘lgani taxmin qilingan erkak jasadi ham topildi.
Politsiyaga ko‘ra, halok bo‘lganlar Shimoliy Koreyadan o‘tgan qochoqlar bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)