Yevroittifoq 8 davlat va hududni moliyaviy shaffoflikni ta’minlash, soliq jinoyatchiligiga qarshi kurash bo‘yicha zarur choralar ko‘rmayotgan ofshorlar qora ro‘yxatidan chiqarish niyatida. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Ushbu ro‘yxatda Janubiy Koreya, BAA, Panama, Barbados, Grenada, Makao, Mo‘g‘uliston va Tunis bor. Ularning rasmiylari Yevroittifoq talablarini qondirish uchun soliq qoidalarini o‘zgartirish kafolatini berganlari bildirilmoqda.
Bu yuzasidan yakuniy qaror kelgusi haftada, Yevroittifoq moliya vazirlarining Bryusseldagi uchrashuvida qabul qilinadi.
Ma’lumot uchun, Yevroittifoq qora ro‘yxatida jami 17 ta ofshor bo‘lib, ular safiga yuqoridagilardan tashqari Amerika Samoasi, Bahrayn, Guam, Marshall orollari, Namibiya, Palau, Sent-Lyusiya, Samoa, Trinidad va Tobago ham kiritilgan.
Izoh (0)