Suriyada IShIDga qarshi kurashayotgan kurd otryadlari AQShdan ko‘chma zenit raketalari komplekslarini olgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Al-Masdar nashriga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “maxfiy kelishuv” doirasida suriyalik kurdlar istiqomat qiladigan Afrin tumaniga komplekslarni yetkazib bergan.
Bu o‘tgan haftada amalga oshirilgani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQSh Suriya chegarasida tuzayotgan otryadlarni yo‘q qilishga va’da bergandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)