Shimoliy Karolinada ayol o‘g‘li va qizini o‘ldirdi, so‘ng joniga qasd qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Politsiya 34 yoshli Kristina Tredveyning jasadini uyi yaqinidan topdi. U ko‘prikdan o‘zini pastga otgani ma’lum bo‘ldi.
Shundan so‘ng politsiya xodimlari ayolning uyiga keldi va bu yerda qattiq kaltaklangan 7 yoshli o‘g‘il va 3 yoshli qizning jasadiga duch keldi. Garchi fojia sababi noma’lum bo‘lsa ham, bolalarni onasi o‘ldirgani aniqlandi.
Kristina Tredvey YouTube’dagi kanalida bolalarining asosan mashhur qo‘shiqlarga kaverlardan iborat videoroliklarni joylashtirib kelgan.
Izoh (0)