Venesuela rasmiylari isyonchi zobit Oskar Peres boshchiligidagi guruh maxsus operatsiya chog‘ida tor-mor etilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat IIV bayonotiga ko‘ra, isyonchilar politsiyaga qarata o‘t ochgan, 2 nafar xodimni o‘ldirib, 5 nafarini og‘ir yaralagan.
Javob harakatlari natijasida guruhning 5 a’zosi qo‘lga olindi, qolganlar voqea joyida o‘ldirildi. Peresning taqdiri haqida hozircha ma’lum qilinmadi.
2017-yil iyunida Venesuela maxsus xizmatlarining Oskar Peres boshchiligidagi bir guruh xodimi prezident Maduro tuzumiga qarshi kurash e’lon qilgandi. Ular politsiya vertolyotini olib qochib, IIV, Oliy sud binolariga granta uloqtirgan va o‘qqa tutgan, so‘ng yashiringandi.
Izoh (0)