AQSh prezidenti Donald Tramp OAV KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan munosabatlari haqidagi so‘zlarini buzib talqin etganini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“The Wall Street Journal go‘yo ‘Kim Chen In bilan yaxshi munosabatdaman’ deganimni da’vo qilmoqda. Shubhasiz, bunday demaganman. ‘Kim Chen In bilan yaxshi munosabat o‘rnatgan bo‘lardim’, dedim. Ikkisini o‘rtasida katta farq bor”, — deya yozuv qoldirdi Tramp Twitter’dagi sahifasida.
Tramp jurnalistlar bilan muloqoti yozuviga ega ekanligini ma’lum qildi.
“Ular nima demoqchi bo‘lganimni aniq bilgan. Faqat shov-shuvni istashgan. Soxta yangiliklar!” — xulosa qildi AQSh prezidenti.
Izoh (0)