Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida yuz bergan terakt oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 25 kishiga yetdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
15-yanvar kuni Bag‘dod markaizda xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi. Hodisa oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi, yana 63 kishi yaralandi.
“Iroq ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, Bag‘dod markazidagi portlash oqibatida eng kamida 16 kishi halok bo‘ldi, yana 65 kishi yaralangan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qurbonlar soni ortib bormoqda.
Avvalroq, Bag‘doddagi portlash oqibatida 6 ksihi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)