AQShning sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni yetarli darajada aqlli deb hisoblashini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Janubiy Koreyaga yondashuv aqlli qaror bo‘ldi. Olimpiadada ishtirok etish ham. O‘ylashimcha, u otasiga qaraganda ko‘proq yakkalab qo‘yilgan. U ko‘pincha o‘ylamay ish qilishi mumkin. Ba’zan men u ‘AQShni yo‘q qila olaman’ deyayotganda bu gapiga o‘zi ham ishonarmikan, deb o‘ylab qolaman. Chunki agar unga kimdir u eshitishni istamagan narsani aytsa, uni o‘ldirishadi. Bu esa Kim Chen Inga haqiqatni aytishdan bosh tortilishiga sabab bo‘ladi” , — deydi Rays.
Izoh (0)