Tehron meriyasi norozilik bildirish uchun maxsus xiyobon tashkil etish g‘oyasini ilgari surdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Qaror meriyaning mamlakatda yaqinda bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyalariga bag‘ishlangan oxirgi yig‘ilishida qabul qilingani bildirilmoqda.
Eron poytaxti tumanlaridan birida ochiladigan bog‘da Londondagi Gayd-park kabi barcha istalgan mavzusida erkin fikr bildirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)