O‘zbekistonda Xorijdagi hamyurtlar bilan o‘zaro hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasini qabul qilish rejalashtirilmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” umumxalq muhokamasiga taqdim etilgan 2018-yilgi Davlat dasturi loyihasiga tayanib. Bu haqdagi Prezident qarori loyihasi 20-iyulgacha ishlab chiqilishi kerak.
Konsepsiyada chet eldagi vatandoshlarga kirish vizalari, O‘zbekiston hududida doimiy yashash uchun ruxsat olish, mehnat faoliyati yuritishga litsenziya olish tartiblarini soddalashtirish ko‘zda tutilishi kerak.
Hujjatda, shuningdek, xorijda yashayotgan yuqori malakali O‘zbekiston fuqarolari va vatandoshlarning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot, moliya, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini rag‘batlantirish choralari aks etadi.
Bundan tashqari, mamlakat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarida rahbar va mutaxassis lavozimlariga ochiq tanlovlar e’lon qilish tartibi belgilash rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)