• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fidel Kastroni lol qoldirgan o‘zbek bog‘boni haqida nimalarni bilamiz?

    “Bizning yurt limonning vatani bo‘lsa-da, O‘zbekistonda haqiqiy limonni yeb ko‘rib, mazasiga va uni yetishtirgan oddiygina dehqon mehnatiga tan berdim”. Bu so‘zlar Kuba davlati sobiq rahbari Fidel Kastroga tegishli. U xalq seleksioneri, faxriy akademik Zayniddin Faxriddinov yaratgan limonzor bilan yaqindan tanishgach, shunday fikrga kelgan ekan, deyiladi “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilingan maqolada.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Zero, o‘zbek bog‘dorchiligi dovrug‘ini dunyoga yoyishga munosib hissa qo‘shgan bu zahmatkash insonning izlanishlari nafaqat soha vakillari yoki jurnalistlar, balki yozuvchilar, jamoat arboblari, hatto kosmonavtlarning ham qiziqishiga sabab bo‘lgan.

    Yoshi ulug‘ kishilar yaxshi eslashadi: ilgari O‘zbekistonga limon chet davlatlardan olib kelinar, ushbu shifobaxsh ne’matni sotib olishga esa hammaning ham qurbi yetavermasdi.

    Aslida, mazkur nabotot namunasini iqlimlashtirish harakati 1932-yilda boshlangan edi. O‘shanda O‘zbekistonga Gruziyadan kelgan 15 nafar olim mahalliy mutaxassislar ko‘magida sitrus ekinni ekib, ko‘paytirishga kirishadi. Biroq uch yillik sinov amaliyoti kutilgan natijani bermaydi. Ya’ni O‘zbekistonda qish qattiq kelishi oqibatida daraxtlarni sovuq uradi. Hafsalasi pir bo‘lgan olimlar o‘simliklarni ko‘mib tashlashga qaror qilishadi. Jarayonni yaqindan kuzatgan Faxriddin bobo endigina 10 yoshga to‘lgan o‘g‘liga “Zayniddin, o‘simlik to‘g‘ri parvarishlansa, ona-tuprog‘imizda, albatta, hosil beradi”, — deydi.

    Bu so‘zlar bo‘lg‘usi bog‘bonning limonga mehri tushishiga katta turtki bo‘lgandi. Oradan yillar o‘tsa-da, mazkur injiq o‘simlikni ko‘paytirish fikri uning xayolidan bir zum ham ketmaydi. Biroq ko‘chatni qayerdan oladi?

    “Tadbirli kishi tang ahvolda qolmaydi”, — deganlari rost ekan. Buni qarangki, bog‘bon na’matakka atirgulni payvand qilish orqali yetishtirgan ko‘chatlarga Gruziyada talab ortib ketadi. Natijada uning orzusi ro‘yobi sari yo‘lakcha ochiladi.

    Gap shundaki, Zayniddin Faxriddinov atirgul o‘rniga sitrus daraxt nihollarini olib keladi. Ekishda esa an’anaviy usullardan voz kechib, transheyani qo‘llaydi. Ya’ni yerning bir yarim metr tuprog‘i olib tashlanib, usti yopiq holda, isitkichsiz parvarishlay boshlaydi.

    Chin dildan qilingan mehnat samarasi uzoq kuttirmadi. 1960-yilning oktabr oyida limon daraxtlaridan nishona hosil uzib olindi. Shu tariqa Zayniddin Faxriddinov izlanishlari tufayli O‘zbekistonda bog‘dorchilikning yangi tarmog‘i — limonchilikka asos solinadi. 1965—1995-yillarda Toshkent viloyatining hozirgi Qibray tumani hududida umumiy maydoni salkam 70 gektarlik issiqxona bunyod etilib, limonzorlar yaratiladi. Uning har gektaridan 30 tonnadan hosil olinadi. U nafaqat respublika aholisi dasturxoniga tortiq etiladi, balki eksport ham qilinadi.

    Xalq seleksioneri Zayniddin Faxriddinov tomonidan limonning “F-2 Yubileyniy”, “Zolotoye yabloko”, “Toshkent”, “Meyr” singari mahalliy navlari, shuningdek, “Lazzat” sharbati yaratilgan. Navlar serhosilligi, mevasining yirikligi, o‘zgacha mazasi bilan hozirgacha iste’molchilar orasida alohida qadrlanadi.

    10.01.2018, 08:54   Izoh (0)   27649
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qur’on musobaqasida qatnashuvchilar soni 1000 nafardan oshdi

    10.01.2018, 08:47

    O‘zbekistonning mudofaa doktrinasi qabul qilindi

    10.01.2018, 08:46

    Navoiyda harbiy xizmatchilar uchun 4 qavatli xizmat uyi foydalanishga topshirildi

    10.01.2018, 08:31

    Toshkentda 8-yanvar kuni xavfsizlik kamarini taqmaslik bilan bog‘liq 1000 dan ortiq holat qayd etildi

    09.01.2018, 23:33

    26 yoshli Ziyoda Ortiqova kam uchraydigan infeksiyadan aziyat chekmoqda (foto)

    09.01.2018, 20:46

    Psixolog: O‘zbekistonda qaynotalarning shilqimligidan so‘ng ajrashib ketgan kelinlar ko‘p (video)

    09.01.2018, 19:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.