Yakutskda go‘yo yo‘ldan o‘tishga chog‘langan maktab o‘quvchilari manekenlari paydo bo‘ldi. Bu haqda Rossiya IIVning respublika boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Manekenlar shunchalik ishonarli ishlanganki, ularni haqiqiy o‘quvchilar o‘rnida qabul qilish mumkin. Shuningdek, ular nur qaytaruvchi elementlar bilan jihozlangan.
“Bunday choralar respublika davlat avtoinspeksiyasi tomonidan ta’lim muassasalari yaqinida haydovchilar e’tiborini oshirish uchun qo‘llanmoqda. Aynan shu manzillardan mashg‘ulotlarga borish va qaytishda kuniga yuzlab bola o‘tadi”, — deyiladi boshqarma press-relizida.
Izoh (0)