“Rossiyskaya gazeta” nashri Rossiyadagi eng arzon avtomobillar reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Reytingda 399 ming rubl turuvchi Lada Granta avtomobili yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinni ham Lada’ning Priora sedani(414 900 rubl) va Granta liftbeki (424 900 rubl) egalladi.
Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan va uchinchi o‘rinni egallagan avtomobil so‘nggi ikki oy ichida 10 ming rublga qimmatlashgan. Lada Priora sedanining narxi esa 15 ming rublga ko‘tarilgan.
Kuchli beshtalikka 439 ming rubl turuvchi Ravon R2 xetchbeki va narxi 444 ming rubldan boshlanuvchi Datsun on-Do sedani ham kiritilgan.
Shuningdek, Ravon Nexia (narxi 449 ming rubldan boshlanadi), ikkita Lada Kalina (450 600 va 465 200 rubl universal kuzovli), Brilliance H230 (459 900 rubl) ham arzon avtomobillar qatoridan o‘rin olgan. O‘ntalikka narxi 479 ming rubldan boshlanuvchi Renault Logan sedani yakun yasadi.
Xabarda qayd etilishicha, reytingdan o‘rin olgan avtomobillar narxi muntazam oshmoqda. Biroq bu o‘sish umumiy bozordagi narxlar o‘sishiga nisbatan sekin yuz bermoqda. Bu distribyutorlar hamyonbop avtomobillar narxini oshirishga urg‘u bermayotgani bilan bog‘liq. Ular asosiy daromadni boshqa avtomobillardan topadi.
Izoh (0)