Germaniyada avtobus bank binosiga borib urildi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
Nashrga ko‘ra, hodisa Alsdorf shahrida (Shimoliy Reyn — Vestfaliya federal yeri) ro‘y berdi. Avtobus haydovchisi transport vositasi boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshidan kelayotgan ikki avtomobil bilan to‘qnashdi, so‘ng bank binosiga borib urildi.
Jiddiy shikast yetgan bino qulab tushishi mumkinligi bildirilmoqda.
Hodisa oqibatida avtobus va mashinalardan birining haydovchisi, ikki yo‘lovchi, jami 4 kishi yengil jarohat oldi.
Izoh (0)