Kelib chiqishi hindistonlik bo‘lgan Vinakatar Amana Motabato BAA poytaxti Dubay shahrida ichida brilliant va oltin bo‘lgan sumkani topib oldi. U o‘z topilmasini politsiya idorasiga olib borgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, erkak sumkani Al Quzays tumanidagi binolardan birini tozalayotgan vaqtda topib olgan. Topilmaning qiymati 55 ming dollar miqdorida baholangan.
O‘z harakati uchun erkak minnatdorchilik yorlig‘i va maxsus sovg‘a bilan taqdirlangan. Unga aynan qanday sovg‘a berilgani ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)