Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Qohira shaharlari o‘rtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Farmon doirasida turoperatorlarga Rossiyadan Misrga sayyohlarni charter reysi bilan olib borishga qo‘yilgan taqiq ham bekor qilingan. Endi turoperatorlar hozircha faqat Qohira orqali sayyohlarni Misrga olib borishi mumkin.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar 2015-yilning 31-oktabrida yuz bergan aviahalokatdan bir hafta o‘tgach, Putinning farmoni bilan to‘xtatilgan edi. O‘shanda Rossiyaning “Kogalimavia” aviakompaniyasiga tegishli samolyot Misrdagi Sharm-al-Shayx aeroportidan uchgan va halokatga uchragan. Samolyot bortida 224 kishi bo‘lgan va ularning barchasi halok bo‘lgan. Hodisa ikki mamlakat tomonidan ham terakt deb tan olingan, biroq uning ijrochisi va buyurtmachisi topilmagan.
Izoh (0)