Damashq markazi jangarilar tomonidan minomyotdan o‘qqa tutilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi. Bu haqda politsiyadagi manbaga tayanib, SANA agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Qurollangan terrorchi guruhlar tomonidan al-Amara dahasiga yo‘llangan minomyot snaryadi qulashi oqibatida bir ayol halok bo‘ldi, 22 nafar tinch aholi vakili jabrlandi”, — xabar berdi manba.
Mazkur daha Damashqdagi Ummaviylar masjidi yaqinida joylashgani bildirilmoqda.
Izoh (0)