Hindiston rasmiylari Toj Mahalga sayyohlar kiritilishini cheklaydi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Ekspertlarga ko‘ra, tashrif buyuruvchilar haddan tashqari ko‘pligi sababli maqbaraning oq marmari ohori ketib, ifloslanmoqda.
“Biz obida va tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ham ta’minlashimiz lozim. Olomonni tartibga solish va boshqarish biz uchun katta muammoga aylandi”, — izoh berdi Hindiston arxeologiya xizmati rasmiy vakili.
Yangi qoidalarga ko‘ra, 40 rupiyga (taxminan 0,63 dollar) kirish chiptasi sotib oladiganlar soni kuniga 40 ming kishidan oshirilmaydi. Biroq bu yangilik 1000 rupiyga (salkam 16 dollar) chipta xarid qiladigan xorijiy sayyohlarga tegishli emas.
Izoh (0)