Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasining Londondan Malagaga uchuvchi reysi yo‘lovchisi samolyotdan chiqishni kutishga sabri chidamasdan, halokat chiqish yo‘li orqali uning qanotiga chiqib oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchi 57 yoshli Polsha fuqarosi bo‘lgan. Qo‘nish yarim soatga kechikkan, erkak esa qo‘l yuki bilan samolyotning qanotiga chiqib olgan. Yo‘lovchi bort kuzatuvchilari uni bortga qaytishga ko‘ndirguniga qadar o‘sha joyda o‘tirgan.
Boshqa bir yo‘lovchining ma’lum qilishicha, polshalik erkakning astma kasalligi bo‘lgan, chunki u parvoz vaqtida bir necha marta ingalyator qabul qilgan. Qo‘nishdan so‘ng uning kasali xuruj qila boshlagach, erkak bort kuzatuvchilaridan qo‘yib yuborishni so‘ragan. Bort kuzatuvchilari bunga rozi bo‘lmagach, erkak kemani mustaqil tark etishga qaror qilgan.
Aviakompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, erkak qo‘lga olingan. Ryanair vakillari aynan ispan xavfsizlik me’yorlari buzilgani sababli hodisa Ispaniya mutassaddilari tomonidan ko‘rib chiqilishini qayd etgan.
Izoh (0)