O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qoshida xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi ochiladi. Bu haqda agentlikda bo‘lib o‘tgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek-ingliz tarjima fakulteti kafedra mudiri Gulnoza Odilova bilan uchrashuvda ma’lum qilindi, deb yozadi O‘zA.
Xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi O‘zbekiston va chet ellardagi mohir tarjimon hamda muharrirlarni jalb etgan holda o‘zbek milliy adabiyotining sara namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)