Namangan viloyat IIB tomonidan uchinchi bor o‘tkazilayotgan profilaktika inspektorlarining tantanali qasamyod qabul qilish marosimi bu gal Namangan shaxridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Viloyatning turli mahallalarida faoliyat olib borayotgan 207 nafar profilaktika inspektori qasamyod qabul qildi. Ularga xizmat uyi xamda uzoq muddatli imtiyozli kredit evaziga berilgan mashina kaliti topshirildi.
Shaxsiy avtomobilga ega bo‘lgan profilaktika inspektorlari orasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganga tashrifi chog‘ida sovg‘a sifatida xizmat avtomashinasi topshirgan “Orzu” mahallasi profilaktika inspektori Oqiljon Iqbolov ham bor.
Yil yakuniga qadar viloyatdagi barcha profilaktika inspektorlari xizmat uyi va shaxsiy mashina bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)