• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Davlat rahbari qarori asosida 2017—2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Unda umumiy qiymati 3,1 milliard dollarga teng 43 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, sanoat mahsulotlari hajmini 2,4 marta, eksportni 2,7 barobar oshirish, mahalliylashtirilgan mahsulotlar ulushini 42,5 foizga yetkazish hamda 43 ta yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, 3,2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratish ko‘zda tutilgan.

    Tarmoqning eksport-import faoliyatini tartibga solish, tashqi savdo jarayonlari shaffofligini ta’minlash, eng asosiysi, tashqi bozorlarda kimyo mahsulotlarini sotish hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish, raqobatbardosh va jozibadorligini yanada oshirishni ta’minlash maqsadida “O‘zkimyoimpeks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

    Biroq tarmoqda uzoq yillar davomida saqlanib kelgan tizimli muammolar hanuzgacha o‘z yechimini topgani yo‘q. Masalan, mineral o‘g‘it ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan.

    Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga umuman e’tibor berilmagani yoki masalaga yuzaki yondashilgani ushbu sohadagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimida nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda, dedi Prezident.

    Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan mineral o‘g‘itlar bilan bog‘liq xarajatlar qoplanmayapti. Natijada kimyo korxonalarining ishlab chiqarishga sarflangan tabiiy gaz, elektr energiyasi, fosforit xomashyosi, oltingugurt kislotasi va boshqa turdagi tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish borasidagi imkoniyatlari cheklanib, kreditor qarzdorlik o‘sib ketmoqda.

    Shu munosabat bilan 2018-yildan boshlab, iste’molchilarga mineral o‘g‘it yetkazib berish “O‘zkimyosanoat” AJ huzurida tashkil qilinadigan “Yagona agent” vositachiligida birja savdolari orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

    Ayni paytda ishlab chiqarilayotgan mineral o‘g‘itlarning tannarxini pasaytirish va tarmoq korxonalarining rentabellik darajasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Xususan, azotli o‘g‘itlar tannarxining 67 foizini energiya resurslari tashkil etadi. 2017-yilda “Farg‘onaazot” korxonasi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Qo‘qon superfosfat zavodi, “Ammofos-Maksam” va “Maksam-Chirchiq” birlashmalarida ishlab chiqarish past rentabelli bo‘lgan, “Navoiyazot” korxonasi esa yilni zarar bilan yakunlashi kutilmoqda. Bunday sharoitda korxonalarning o‘z aylanma mablag‘larini shakllantirish imkoniyati butunlay cheklanib, ular muammolarni 16-18 foizli kreditlar jalb etish orqali hal etib kelmoqda.

    Shu sababli “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2018—2019- yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va raqobatbardoshligini oshirishning aniq chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

    E’tibor qaratish lozim bo‘lgan yana bir muammo – asosiy texnologik uskunalarning eskirganidir. Buning oqibatida ishlab chiqarishning texnologik tartiblari izdan chiqmoqda, mablag‘ yetishmasligi sababli uskunalar joriy va kapital ta’mirdan o‘tmayapti.

    Davlat rahbari joriy va kapital ta’mir ishlarini amalga oshirish yuzasidan tarmoq rejasini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

    Qishloq xo‘jaligini fosforli o‘g‘itlar bilan ilmiy asoslangan darajada ta’minlash masalasi muhokama qilinar ekan¸ bu boradagi ehtiyoj 639,6 ming tonna bo‘lib, bugungi kunda uning 25 foizigina qoplanayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish orqali 2019-yilga borib ishlab chiqarish hajmini 177 ming tonnaga, 2021-yilda yangi fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish majmuasini barpo etish hisobiga 550 ming tonnaga yetkazish ko‘zda tutilmoqda.

    Yig‘ilishda ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va diagnostika markazlari hamda loyiha institutlari faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Kimyo sohasini rivojlantirish va jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni ta’minlash, tarmoqni tubdan diversifikatsiyalash ko‘p jihatdan ilmiy-tadqiqot, loyihalash, injiniring, diagnostika markazlari va, asosiysi, malakali kadrlar salohiyati bilan bevosita bog‘liq. Ammo bu yo‘nalishdagi ahvol ham hozircha qoniqarsiz holatda.

    Shundan kelib chiqqan holda, “O‘zkimyosanoat” AJga tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, Janubiy Koreya kimyoviy texnologiyalar tadqiqotlari instituti bilan birgalikda “O‘zkimyosanoatloyiha” loyihalash instituti va Toshkent kimyoviy texnologiyalar ilmiy-tadqiqot instituti negizida ilmiy-tadqiqot, injiniring va loyihalash, diagnostika hamda xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishlarini o‘zida mujassam qilgan yagona markazni yaratish vazifasi topshirildi.

    Muhokama qilingan masalalar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

    28.12.2017, 22:44   Izoh (0)   15115
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    XVJ ekspertlari guruhi rasmiy axborot haqqoniyligini o‘rganish uchun O‘zbekistonga keladi

    28.12.2017, 22:21

    Hayit va katta bayramlarda bir necha kunlik dam, Prezidentni aldashda ayblanayotgan Ostrogojskaya, tekin chiptalarni sotgan faol yoshlar va kunning boshqa muhim xa...

    28.12.2017, 21:01

    O‘zbekistonning barcha moliya vazirlari — bitta suratda

    28.12.2017, 20:52

    Buxoroda “profilaktika inspektori” kollej o‘quvchisini tunadi

    28.12.2017, 19:21

    O‘zbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi

    28.12.2017, 18:26

    O‘zA Ostrogojskaya haqida “rasmiy ma’lumotlar” berdi. Bu ma’lumotlar savollarni yanada ko‘paytirdi

    28.12.2017, 18:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.