• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zA Ostrogojskaya haqida “rasmiy ma’lumotlar” berdi. Bu ma’lumotlar savollarni yanada ko‘paytirdi

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) 27-dekabr kuni Moliya vazirligi Davlat budjeti boshqarmasining sobiq boshlig‘i — Ella Ostrogojskaya haqida “rasmiy ma’lumotlar”ni e’lon qildi. Lekin bu ma’lumotlarda aytarli yangilik yo‘q — bu gaplarning deyarli bari jamoatchilikka Prezident Murojaatnomasi arafasida, Murojaatnoma davomida va Murojaatnomadan so‘ng ma’lum qilib bo‘lingan edi.

    Foto: Getty

    Foto: Getty

    O‘zA nima dedi?

    “Ella Ostrogojskaya ko‘p yillar Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlagan”, — deb yozgan O‘zA uning aynan qachon va qancha vaqt ushbu lavozimda mehnat qilganiga aniqlik kiritmagan.

    “Faoliyati davomida respublika iqtisodiyotiga va davlat budjetiga katta zarar yetkazgan... Budjet profitsiti ko‘rsatkichlarini soxtalashtirgan”, — deyiladi O‘zA axborotida. Biroq yetkazilgan “katta zarar”ning miqdori, aynan qaysi yillardagi budjet profitsiti ko‘rsatkichlari soxtalashtirilgani va bu soxtalashtirishlar qachon aniqlangani aytilmagan.

    “Sobiq vazir bilan til biriktirib Davlat rahbariga yolg‘on hisobot berishni odatiy holga aylantirgan”, — deb, O‘zA Ostrogojskaya xonimning navbatdagi aybini sanagan. Sobiq vazirning ham, Davlat rahbarining ham ismlari ko‘rsatilmagan.

    “Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda xalqimizning eng zarur ehtiyojlari umuman hisobga olinmagan”, — deb yozadi O‘zA. Bunga “bir sohaning bir yo‘nalishi”dan dalil keltirilgan: 2016-yilgi Davlat budjetida tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun “bor-yo‘g‘i” 483 so‘m ko‘zda tutilgan, dori-darmon va tibbiyot vositalariga 229 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan (2018-yil Davlat budjeti parametrlarida tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 5 000 so‘m yoki jami dori-darmon va tibbiyot vositalariga 915 milliard so‘m rejalashtirilgan).

    O‘zAning yozishicha, Ostrogojskaya har yili hisobot yilining 15-dekabridan boshlab budjet tashkilotlari bo‘yicha barcha turdagi xarajatlarni, shu jumladan oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy to‘lovlarni sun’iy to‘xtatib qo‘ygan. “Oqibatda hududlarning rejadan oshirib bajargan daromadlari respublika budjetiga majburan olib qo‘yilgan. Ularning ustidan hukm o‘tkazib, bosh egib kelmaguncha erkin mablag‘lar qoldig‘i ularning ixtiyoriga berilmagan”, — deyiladi agentlik axborotida.

    “Ella Ostrogojskaya sobiq vazir va Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘i bilan til biriktirib, vazir o‘rinbosarlariga ham tazyiq o‘tkaza boshlagan. O‘ziga yoqmaganlarning lavozimini pasaytirgan yoki ularni ishdan bo‘shatib, qutulib qo‘yaqolgan”, — deydi O‘zA. Sobiq vazirning ham, Xodimlar boshqarmasining sobiq boshlig‘ining ham ismi aytilmagan; Ostrogojskaya kimlarni ishdan bo‘shatib yuborganiga aniqlik kiritilmagan.

    “Birgina misol: hududlarning moliyaviy haq-huquqlarini himoya qilgan vazir o‘rinbosarlaridan birini dastlab Jamg‘armaga, keyinchalik eng quyi bo‘g‘inga ishga yuborgan. Bugungi kunda haqiqat qaror topib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur shaxs munosib lavozimga tayinlandi”, — deb qo‘shimcha qilgan O‘zA. Lekin munosib lavozimga tayinlangan “mazkur shaxs”ning ismi ham, lavozimi ham ko‘rsatilmagan.

    Bularning qay biri yangilik?

    Faqat bir fakt — Ella Ostrogojskaya sobiq moliya vaziri va vazirlikning Xodimlar boshqarmasi sobiq boshlig‘i bilan til biriktirib, vazir o‘rinbosarlariga ham tazyiq o‘tkazgani, ularni ishdan bo‘shatib yuborishga ham erishgani — avval ma’lum qilinmagan yangilikdir. O‘zA sanagan qolgan barcha holatlar haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi vaqtida bevosita va bilvosita bildirgan edi, ayrim ma’lumotlar Murojaatnoma arafasida va undan keyin darhol ma’lum qilib bo‘lingan edi.

    Jumladan, Ella Ostrogojskaya Moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagani haqida O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan internet-nashrlar orasida birinchi bo‘lib “Gazeta.uz” xabar bergan edi.

    Otsrogojskaya yil oxirida hududlarning rejadan oshirib bajargan daromadlarini majburan olib qo‘ygani haqida Shavkat Mirziyoyev Murojaatnoma vaqtida birgina Qoraqalpog‘iston misolida aytib bergan edi. Prezidentning bayon qilishicha, o‘tgan yil dekabrida Qoraqalpog‘istonning hisobida aynan Ostrogojskaya sabab bir so‘m ham pul qolmagan bo‘lsa, bu yil hudud budjet tushumlarini bajarib bo‘lgach, orttirib yana 90 milliard so‘m daromad qilgan.

    Avvalgi yillarda g‘aznachilik harakati 15-dekabrdan boshlab to‘xtatilishi haqida amaldagi moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Senatda topshirgan hisoboti vaqtida ham aytib o‘tgan edi. “Bu yilgi profitsitning avvalgi davrdagidan bir katta farqi bor — ayni vaziyatda tabiiy profitsitni ko‘rsatmoqdamiz”, — degan Qo‘chqorov eski davrdagi ko‘rsatkichlarning tabiiy bo‘lmaganiga ishora qilgandi.

    “Ostrogojskaya biladimi Qoraqalpog‘istondagi sharoitni? Ostrogojskayaga o‘xshaganlar yashaganmi Qoraqalpog‘istonda?”, — degandi Mirziyoyev Murojaatnomasi davomida. Bu bilan Prezident davlat budjeti loyihasini tayyorlashda Ella Ostrogojskaya aholining eng zarur ehtiyojlarini umuman hisobga olmaganini bilvosita ma’lum qilgandi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yillarda moliya-iqtisod sohasi mas’ullari tomonidan e’lon qilib kelingan yillik 8 foizlik o‘sish sur’ati haqidagi ma’lumotlarni “badiiy asar” deb atab, aslida bu hisobotlarning soxtaligini bildirgan edi. O‘z o‘zidan, yillik o‘sish sur’atlari haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirgan mas’ullar mamlakatga har tomonlama zarar yetkazishi — tushunarli hol.

    Bu masalada moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Prezident Murojaatnomasidan ikki kun avval Senatda izoh bergan edi. “Avvallari minbarlardan turib ayrim raqamlarni aytganimizda juda ko‘p odamlar miyig‘ida kulib qo‘yardi”, — degandi vazir. Uning aytishicha, avvalgi davrda O‘zbekiston hukumatining makroiqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki va boshqa shu kabi xalqaro tashkilotlarning prognozlaridan keskin farq qilardi.

    Shunday qilib, O‘zA Ella Ostrogojskaya haqida batafsil axborot berishga uringandek ko‘rinadi, biroq uning bu ma’lumotlaridan so‘ng savollar ko‘paysa ko‘payganki, aslo kamaymagan.

    “Ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlar”

    O‘zA ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ma’lumotlardan ham iqtibos keltirgan. Gap qaysi ijtimoiy tarmoqlar haqida borayotgani, bu ma’lumotlarning mualliflari kim ekani va ular bu ma’lumotlarni kim yoki qayerga asoslanib tarqatganiga aniqlik kiritmagan.

    “Bu ma’lumotlarda Ella Ostrogojskayaning aql bovar qilmas darajada ‘o‘zlashtirib yuborilgan’ mablag‘lari va uning chet elda o‘qib, o‘sha yerda yashab qolgan farzandi haqida bayon etilgan. Shuningdek, uning chet davlatlarda mulklari borligi va boshqa mamlakat fuqaroligiga ham ega ekani qayd etilgan”, — deyiladi O‘zA axborotida.

    O‘zA bu ma’lumotlarni keltirarkan, yakunda shunday qo‘shimcha qilgan: “Bizda bu faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q”.

    Qayd etish joiz, Ella Ostrogojskaya haqida ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p aylangan axborot — 2014-yil 2-aprelida Viktor Otkin nomidan “Markaziy Osiyo mustaqil jurnalistlari ittifoqi” saytida e’lon qilingan “O‘zbekistonda moliyaviy matriarxatmi?” sarlavhali maqoladagi ma’lumotlardir (bu ittifoq ham, uning sayti ham norasmiy, Viktor Otkin esa, katta ehtimol bilan, taxallus).

    Unda Ella Ostrogojskaya budjet mablag‘larini o‘z shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqib taqsimlashi, “birovnikini tortib olish” odati hayotining boshqa jabhalarida aks etgani haqida so‘z boradi. Shuningdek, maqolada Ostrogojskaya qizining Moskvadagi ta’limini moliyalashtirgani, qizi Rossiya fuqaroligini olgani, o‘g‘li esa muntazam ravishda Moskvada yashashi va uning shaxsiy biznesi borligi ta’kidlangan.

    Biroq “Daryo”da ham bu faktlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar yo‘q. Bir narsani hech bir rasmiyatchiliksiz tasdiqlash mumkin — ijtimoiy tarmoqlarning aksariyat foydalanuvchilari Ostrogojskaya va uning atrofidagilar haqida to‘liq bilishni va, agar aybdor bo‘lsa, ularning javobgarlikka tortilishini so‘ramoqda.

    28.12.2017, 18:17   Izoh (0)   55280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Adliya vazirligida TIKA delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi

    28.12.2017, 17:45

    “Yoshlar press klubi”da milliy internet tanlovi g‘oliblari aniqlandi

    28.12.2017, 17:30

    Buxoro viloyatidagi 4 ta patrul posti tugatildi

    28.12.2017, 17:00

    1250 dollar bilan Koreyaga ishga ketmoqchi bo‘lgan marg‘ilonlik fuqaro firibgarlik qurboni bo‘ldi

    28.12.2017, 16:02

    O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qoshida xalqaro tarjimonlar noshirlik uyi ochiladi

    28.12.2017, 15:51

    80 foiz o‘zbekistonliklar boshqaruv organlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatini ijobiy baholadi

    28.12.2017, 15:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jo Baydenda saraton aniqlandi

    Dunyo | 19 may, 08:30

    A Seriya. “Roma” “Milan”ni ishonchli hisobda yengdi. Shomurodov 84-daqiqa o‘ynadi(video)

    Sport | 19 may, 07:22

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.