Moskvaning Lefortovskiy tuman sudi sudyasi Qirg‘iziston fuqarosi Xayrulla Abduxalilovni ommaviy qirg‘in qurolini yaratish haqidagi ish bo‘yicha hibsga oldi, deb yozadi KNews.
Abduxalilov 2018-yil 6-fevralgacha hibsga olindi. Sudyaning qaroriga nisbatan apellyatsiya shikoyati berilmagan.
Ishni Federal xavfsizlik xizmati tekshirmoqda. Abduxalilovga ommaviy qirg‘in qurolini yasash, ishlab chiqarish, to‘plash, sotib olish yoki sotish, shuningdek, terrorchilik tashkiloti faoliyatida qatnashish va radioaktiv yoki zaharli, zaharlovchi, xavfli kimyoviy yoki biologik moddalardan foydalanib teraktga tayyorlanish moddalari qo‘llanilmoqda.
Izoh (0)