Dubay politsiyasi mashina haydash vaqtida smartfondan foydalangani va e’tiborsiz boshqaruv uchun haydovchini jarimaga tortdi. Politsiyachilar tartibbuzarga jarima haqida Instagram postidagi izohda xabar bergan, deb yozmoqda “Motor”.
Tartibbuzarni aniqlashda boshqa harakat ishtirokchilari yordam bergan. Ular haydovchilardan biri doimiy ravishda smartfonga chalg‘iyotganiga e’tibor qaratgan. Haydovchi mashina boshqarish vaqtida Instagram’da to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirni amalga oshirgan. Shundan so‘ng politsiyachilar qiyinchiliksiz uni topgan va jarima yozgan. Jarima miqdori 800 dirhamni (217 dollar) tashkil qilgan.
Dubayda avtomobilni yaxshi boshqarganlik uchun taqdirlash tizimi amal qiladi. Unga ko‘ra, yaxshi haydovchilar politsiya tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 2017-yilning bahorida 2000 nafar haydovchi taqdirlangan. Ikki nafar eng yaxshi haydovchi sof oltindan yasalgan o‘yinchoq mashinani qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)