BMW va Cadillac Yangi yildan so‘ng modellari narxi oshirilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Motor” xabar bermoqda.
Nemis markasi modellari o‘rtacha 2,5, AQSh avtomobillari esa 6-8 foizga qimmatlaydi.
Joriy yil noyabr oyida Rossiya bozorida 2778 dona BMW avtomobili sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga ko‘p. 11 oy mobaynida 27,2 ming mashina sotildi, bu esa 8 foizga ko‘p.
Cadillac Rosiyada noyabrda 101 mashina sotdi. Yil boshidan beri bu ko‘rsatkich 1241 donani tashkil etdi.
Izoh (0)