• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi. Maktab direktorlariga qo‘l ko‘targan Sayxunobod hokimi-chi?

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida “odamlar bilan gaplashishni bilmaydigan, avvalgidek madaniyatsiz gaplar bilan majlis o‘tkazadigan uchta rayon hokimi” jazoga tortilganini ma’lum qilgan edi. Davlat rahbari jazoga tortilganlarning kimligini aytmagan edi. 26-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ta’lim muassasalari rahbarlarini haqorat qilgan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev jarimaga tortilgani haqida xabar berdi. Bu — u yoki bu hudud rahbarining jamoatchilik ta’siri ostida qonuniy jazoga tortilishi bilan bog‘liq, ta’bir joiz bo‘lsa, birinchi holat.

    Andijon shahar hokimiga eng kam ish haqining 30 barobari miqdorida jarima solindi. Dilmurod Rahmatullayev 16-oktabr kuni paxta yig‘im-terimiga hasharchilarni jalb etish masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda shahardagi bir qator ta’lim muassasalari rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgan, jumladan, hokimlikning topshirig‘ini bajarmagan kollejlarning direktorlarini “Andijon shahrining dushmanlari” deb atagan. Hokimning haqoratli chiqishi yozilgan audioyozuv noyabr oyida OAV tomonidan e’lon qilingan. Uni hatto davlat axborot agentligi — O‘zA ham tanqid qilib, qoralab chiqdi.

    6-dekabr kuni Bosh prokuratura Rahmatullayevning bu harakatlari Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilayotganini e’lon qildi. Bosh prokuraturaning 26-dekabrdagi axborotida qayd etilishicha, sud Andijon shahar hokimini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik (haqorat qilish, ya’ni, shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish)ni sodir etganlikda aybdor deb topgan va uni eng kam ish haqi (EKIH)ning 30 baravari (27-dekabr holatiga ko‘ra — 5 167 200 so‘m) miqdorida jarima solgan. Mazkur modda bo‘yicha eng og‘ir jazo — EKIHning 40 baravari miqdoridagi jarimadir.

    Dilmurod Rahmatullayev faqat bir holat bo‘yicha jazolandi. Andijon shahar hokimi ishi bo‘yicha sud qachon bo‘lgani Bosh prokuratura axborotida aytilmagan, biroq sud faqat 16-oktabrdagi holatni ko‘rib chiqqani bildirilgan. Qayd etish joiz, dekabr oyi boshida Rahmatullayev ishtirokida boshqa bir muammoli audioyozuv paydo bo‘lgan edi — ovoz 11-noyabrdagi yig‘ilishda yozib olingan va unda metallolom to‘plash masalasisi ko‘rib chiqilgan. “Kun.uz”ning yozishicha, Andijon shahri hokimi bu yig‘ilishda o‘tirganlarni nafaqat uyatli so‘zlar bilan so‘kkan, balki majburiy mehnat va qonunlarda nazarda tutilmagan holat bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga undagan. Ikkinchi holatga na Bosh prokuratura va boshqa vakolatli organlar munosabat bildirdi.

    Maktab direktorlariga qo‘l ko‘targan Nosirjon Egamberdiyev masalasi hamon ochiq qolmoqda. Andijon shahri hokimi bilan vaziyat noyabr oyida ko‘tarilib, ma’lum bo‘lmoqda, dekabrda o‘zining dastlabki mantiqiy yakuniga yetdi. Biroq hokimlarning zo‘ravonligi bilan bog‘liq 2017-yilning birinchi shov-shuvli voqeasi Sirdaryo viloyatida yuz bergan edi — Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev sentabr oyi boshida viloyatdagi Mustaqillik bayramiga yetarli miqdorda ishtirokchi olib kela olmagan maktablarning direktorlarini yig‘ilishda turg‘azib qo‘yib, ularga qo‘l ko‘targan edi.

    Video OAVda e’lon qilingan kunining o‘zidayoq Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Sayxunobodda yig‘ilish o‘tkazgani, hokim Egamberdiyev qilgan ishi uchun o‘qituvchilardagn uzr so‘ragani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. O‘sha yig‘ilishda Egamberdiyev birgina uzr bilan qutula olmasligi va “uning ishi paxta terimi mavsumidan so‘ng ko‘rib chiqilishi” aytilgan. 13-sentabr kuni Bosh prokuratura bu holat bo‘yicha bayonot berib, Egamberdiyev atrofidagi vaziyat Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirilayotgani, Bosh prokuratura tekshiruvning borishini nazoratga olganini e’lon qilgan edi.

    Kadr: “Kun.uz”

    Kadr: “Kun.uz”

    “Kun.uz”ning yozishicha, 19-dekabr kuni Egamberdiyevning harakatlari yuzasidan olib borilgan tekshiruv bo‘yicha izoh so‘rab Sirdaryo viloyat prokuraturasiga murojaat qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, viloyat prokuraturasi o‘tkazgan tekshiruv yakunlanib, natijasi Bosh prokuraturaga taqdim etilgan. Viloyat prokuraturasi vakillari 19-dekabr kuni tekshiruv bo‘yicha xulosani “Kun.uz”ga bir soat ichida taqdim etishni va’da bergan. “Afsuski, bu va’da berilganiga bir hafta bo‘ldi”, — deb yozadi “Kun.uz” muxbiri.

    Ta’lim muassasalari rahbarlariga nisbatan zo‘ravonlik qilgan har ikkala hokim ta’lim sohasidan chiqqan. Nosirjon Egamberdiyev 2016-yil oktabrida Sayxunobod tumani hokimi etib tayinlanguniga qadar Sirdaryo viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Dilmurod Rahmatullayev esa 11 yil davomida Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2015-yili unga qarshi ish ochilgan, shu bois boshqarma rahbarligidan olingan. 2016-yilda esa Andijon shahriga hokim etib tayinlangan.

    Shavkat Mirziyoyev mushtumzo‘r va zo‘ravon hokimlarni “Prezident siyosatiga qarshilar” deb atagan. O‘zbekiston Prezidenti raisligida 15-dekbar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev qo‘l ostidagi xodimlarni behurmat qilib, haqorat qilayotgan, hatto ularga qo‘l ko‘tarayotgan rahbar xodimlarni qattiq tanqid qilgan. “Barcha bo‘g‘inlardagi rahbarlar — u vazir yoki hokim bo‘ladimi, idora yoki tashkilot boshlig‘i bo‘ladimi — bir haqiqatni juda chuqur tushunib olishingiz shart: bunday harakatlar davlat siyosatiga, Prezident siyosatiga qarshi chiqish deb baholanadi va aybdorlarga, albatta, tegishli jazolar qilinadi”, — degan edi Prezident.

    Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham bu masalaga to‘xtalib o‘tdi. U hokimlarni madaniyatsizlikda ayblab, birovni haqorat qilish uchun ularga hech kim huquq bermaganini eslatib o‘tgan.

    “Odamlar bilan gaplashishni bilmaydi. Oldingi davrlardagidek madaniyatsiz gaplar bilan majlislar o‘tkazadi, odamlarni haqorat qiladi. Kim ularga huquq beribdi? Hokimga kim huquq bergan birovlarni haqorat qilishga? Bu nimadan dalolat? Madaniyatsizligimizdan dalolat! O‘qimaganimizdan dalolat! Ma’naviyatimiz pastligidan dalolat!”, — degan edi davlat rahbari.

    27.12.2017, 17:07   Izoh (0)   46630
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

    27.12.2017, 16:12

    Atlas Yunusobod ko‘ngilochar savdo majmuasiga tashrif buyurish uchun 5 sabab

    27.12.2017, 16:00

    “Agropilla” korxonalari tomonidan hududlarda 2 mln 400 ming dona tut ko‘chati ekildi

    27.12.2017, 15:40

    “Qaynotam menga sevgi izhor qildi”. O‘z nomini oqlash uchun televideniyega chiqqan kelin hikoyasi (video)

    27.12.2017, 15:37

    Surxondaryo viloyatida yangi ekoturistik yo‘nalish ochiladi

    27.12.2017, 15:11

    O‘zbekiston mablag‘i hisobidan Qirg‘izistonda umumta’lim maktabi qurish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi

    27.12.2017, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
    Audio Icon

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    13 avgust, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shveysariyada tezlikni oshirgan haydovchi 110 ming dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 13 avgust, 14:30

    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz

    Reklama | 13 avgust, 13:45

    Surxondaryodagi propan zapravkada portlash yuz berdi (video)

    O‘zbekiston | 13 avgust, 14:30

    Taekvondochi Tramp, sambo bilan professional shug‘ullangan Putin va qora belbog‘ sohibi To‘qayev: sport unvonlariga ega davlat rahbarlari haqida bilasizmi?

    Sport | 13 avgust, 14:24

    “Mullalar hayotingizni izdan chiqarishiga yo‘l qo‘ymang”: Netanyaxu eronliklarni isyonga chaqirdi

    Dunyo | 13 avgust, 14:09

    AQSh sobiq prezidentiga tegishli uy 5,28 million dollarga sotildi (foto)

    Layfstayl | 13 avgust, 13:51

    Kosmosdan quruqlikkacha: AQSHning “Oltin gumbaz” raketa qalqoni 4 qatlamdan iborat bo‘ladi

    Dunyo | 13 avgust, 13:39

    Ilon Mask O‘zbekistonga kelishi mumkin

    O‘zbekiston | 13 avgust, 13:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.