O‘zbekistonda egasiz qolgan tutzorlardan millionlab tut ko‘chatlari kesib ketilgan, deb xabar beradi O‘zA.
Tutzorlar xatlovdan o‘tkazilganda qariyb 30 million dona tut ko‘chati kesilgani ma’lum bo‘ldi.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasida qariyb uch million, Buxoro viloyatida sal kam olti million dona tut ko‘chati keyingi uch yilda nobop kimsalar tomonidan kesib ketilgan”, — deyiladi xabarda.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasidan olingan xabarlarga ko‘ra, ana shunday muammoga chek qo‘yish uchun tutzorlar “Agropilla” korxonalari balansiga o‘tkazilmoqda. Hozirda ular hududlarda 2 million 400 ming dona tut ko‘chati ekib, 128 gektarda yangi tutzorlar tashkil etdi.
Izoh (0)