Xitoyning Szinan shahrida elektromobillarni harakatlanish vaqtidayoq quvvatlantira oladigan avtotrassa uchastkasi qurildi, deb xabar berdi “Nauka”.
Yo‘l polotnosi 660 kvadrat metr quyosh batareyalaridan iborat. Uning uzunligi 1,5 kilometrdan sal uzunroq. Yo‘l 10 oy davomida qurilgan. Loyiha mualliflarining bu borada tajribasi bor edi — ushbu uchastka shahardagi ikkinchi hisoblanadi. Yaqin kunlarda u elektrokarlarni simsiz quvvatlantira olish qurilmalari bilan jihozlanadi.
Loyiha yaratuvchilarining so‘zlariga ko‘ra, konstruksiya o‘rta o‘lchamdagi yuk mashinalari tomonidan paydo qilinadigan yuklanishni ham ko‘tara oladi.
Izoh (0)