Toshkent shahar YHXB xodimlari tomonidan joriy yil 21-dekabr kuni “Tozalash-Antiterror” tadbiri doirasida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida o‘tkazilgan ishlar davomida jami 3273 qoidabuzarlik aniqlandi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, 26 ta mast holatda transport vositasini boshqarish, 20 ta transport vositalarini hujjatsiz boshqarish, 44 ta svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga rioya qilmaslik, 36 ta harakat davomida uyali telefondan foydalanish, 329 ta odam tashish qoidalarini buzish, 203 ta tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish, 8 ta bo‘ysunmaslik, 1430 ta xavfsizlik kamarini taqish qoidalariga bo‘ysunmaslik holati qayd etildi.
Jami 113 ta transport vositasi jarima maydonchasiga tortildi. Hozirda ushbu yo‘nalishda tadbirlar o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Izoh (0)