23-dekabr kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida talaba yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini yanada oshirish maqsadida ma’rifiy-tarbiyaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tadbirda Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari, “Islom ota” jome masjidi imom-xatibi Jasurbek Raupov ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zida milliy qadriyatlar va o‘zbekona odob-axloq, sharmu hayo, milliy mentaletitga xos bo‘lgan fazilatlarni shakllantirishi lozimligi ta’kidlandi.
“Jasurbek Raupov ayniqsa, ayol-qizlarning kiyinishida, jamoat joylarida o‘zlarini tutishida musulmon kishining eng muhim sifatlaridan bo‘lmish hayo, iffat ko‘tarilib ketayotganligini tilga olib, bu nafaqat o‘sha qiz yoki ayolning balki, o‘zgalarning ham gunohga botishiga sabab bo‘lishini hadisi shariflar bilan ta’sirchan tushuntirib berdi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda qayd etilishicha, tadbirda talaba-yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi.
Izoh (0)