Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.
Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun turar joy hujjatlari, uy-joy mulkdorining arizasi, nikoh tuzilganligi yoki bolalar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarning notarial tasdiqlangan nusxalari talab etilmaydi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi umuman bekor qilindi:
- Er-xotinning amalda yashagan joyida ularning kamida bir yil birgalikda yashaganligi to‘g‘risida mahalla yig‘ini raisi va profilaktika inspektori tomonidan imzolangan ma’lumotnoma;
- Oliy Majlisi palatalari, Prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek Prezident bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanganlik, tasdiqlanganlik, saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- Davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylanganlikni tasdiqlaydigan hujjatlarning kadrlar bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
- Lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirma.
- Fuqaro (oila a’zolari bilan birga) turar joy mulkdorining yoki ushbu turar joyda doimiy yashayotgan shaxsning yaqin qarindoshi bo‘lsa, qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etilganda;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga respublikaning boshqa hududlaridan xizmat safari, mehnat ta’tili, malakasini oshirish, davolanish munosabati bilan kelgan bo‘lsa, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda.
Izoh (0)