“Spravedlivaya Rossiya” partiyasi prezidentlikka o‘z nomzodini ilgari surmaydi, balki Vladimir Putinning nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda partiya yetakchisi Sergey Mironov ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
“Bugun prezidium siyosiy qaror qabul qildi, bu qaror qurultoyga tavsiya qilinadi: partiya o‘z nomzodini ilgari surmaydi, biz Vladimir Vladimirovich Putinning nomzodini qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Mironov.
“Bizning vakillarimiz tashabbus guruhiga va u yoki bu shtab tuzilmalariga kiradi, chunki biz endi umumiy nomzodimiz uchun targ‘ibot olib boramiz, va bu qanday bo‘lishini ish tartibida hal qilamiz, ammo buning amalga oshishiga men shubha qilmayman”, — deya qo‘shib qo‘ydi “Spravedlivaya Rossiya” partiyasi yetakchisi.
Izoh (0)