25-dekabr, dushanba kuni ertalab Kobuldagi Milliy xavfsizlik direktorati (Afg‘oniston ravedka xizmati) binosi eshigi yonida portlash yuz berdi, deb yozadi “TASS” mahalliy 1TV telekanaliga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, portlovchi qurilmani xudkush terrorchi harakatga keltirgan. Jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida ayni paytda ma’lumot berilmayapti.
Izoh (0)