Afg‘oniston poytaxti Kobulda xudkush terrorchi o‘zini portlatib yuborishi natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Shuningdek, portlashda yana uch kishi jarohatlandi. Ta’kidlanishicha, xudkushning nishoni afg‘on razvedkasining bosh qarorgohi bo‘lgan.
Avvalroq 25-dekabr, dushanba kuni ertalab Kobuldagi Milliy xavfsizlik direktorati (Afg‘oniston ravedka xizmati) binosi eshigi yonida portlash yuz bergani ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)