Filippindagi trassada ikkita avtobus to‘qnashib ketishi natijasida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks” mahalliy politsiyaga tayanib.
Avtobuslardan birida katta oila a’zolari Rojdestvo sharafiga ibodatxonaga yo‘l olgan va boshqa bir avtobusga urilib ketgan, oqibatda avtobusdagi 20 kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi jarohatlangan.
Ikkinchi avtobusdagi 15 kishi shikastlangan.
Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, birinchi avtobus haydovchisi qoidalarni buzib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishdagi qismiga chiqib ketgan, bu avariyaga sababchi bo‘lgan.
Izoh (0)