Mashhur ilhomlantiruvchi notiq Nik Vuychich uchinchi marta ota bo‘ldi, deb yozadi “Vesti.ru”. Vuychich quvonchli xabarni Facebook’dagi sahifasida o‘z muxlislari bilan bo‘lishdi va butun dunyodan tabriklarni qabul qilmoqda.
Chaqaloqlar soppa-sog‘lom tug‘ilgan, ularning onasi ham yaxshi ahvolda.
Egizaklardan tashqari, Nik va rafiqasi Kanae to‘rt va ikki yoshli o‘g‘illarini ham tarbiyalamoqda. Nik o‘z rafiqasidan cheksiz minnatdor ekanligini ko‘p bora e’tirof etgan — aynan u uchun yanada yaxshiroq bo‘lish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengib o‘tmoqda.
Nik Vuychich tetraameliya sindromi bilan tug‘ilgan bo‘lib, uning qo‘l va oyoqlari yo‘q. Biroq bu unga yurishni o‘rganishga, sport bilan shug‘ullanishga va dunyoda mashhurlikka erishishga xalaqit bermagan.
Izoh (0)