Qirg‘izistonda jangarilarni Suriyaga yuborish bilan shug‘ullangan erkak qo‘lga olindi, deb yozadi KNews mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib.
Xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarisi, 1990-yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi 13-dekabrda qo‘lga olingan.
U xalqaro terrorchilik tashkiloti safida qo‘poruvchilik-terrorchilik bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tgan va Suriyada hukumat qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda faol ishtirok etgan. Tashkilot boshliqlari buyrug‘i bilan u Qirg‘izistonga qo‘poruvchilik aksiyalarini amalga oshirish va Qirg‘izistondan jangarilarni Suriyaga yuborishning yangi kanallarini shakllantirish maqsadida yetib kelgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mahbus tergov izolyatoriga joylashtirildi. Tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)